Unashtirib qöyilib töyga
oz kun qolganida
olamdan ötgan qiz xaqida sher. O'ng
yelkamda tobut ko'zlarimda yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Yotardi u jim ko'zlari ochiq, Yotardi
jilmayib kulgular sochib. Ko'zimdan
yosh oqardi tinmayin achchiq, Yor-
yor aytib bordik mozorigacha. U
kirmagan edi yigirmaga ham, Endi
qo'ygan edi hayotga qadam. Karaxt
bo'lib qolar eshitgan odam, Yor-yor
aytib bordik mozorigacha. Ona voh
dod deydi hushin yo'qotib, Ota ne
qilishin bilmaydi qotib. Bola
vidolashar indamay yotib, Yor-yor
aytib bordik mozorigacha. Seplar
yig'gan edi orzular qilib, Bezatib
ham qo'ydik liboslar ilib, Onasi
yig'laydi bag'rini tilib, Yor- yor aytib
bordik mozorigacha. Taqdirmi
qaranga yosh ketdi essiz, Mevasi
qolmadi o'tdiku izsiz, Oq libos
kiyvolib yotardi hushsiz, Yor-yor
aytib bordik mozorigacha. Mana
so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi mozorigacha...
|